English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonda baxshilarning aytishuvlari yangramoqda
18:44 / 2023-05-02

Sirdaryo viloyati Guliston shahri markazidagi bog‘ va xiyobonlar, madaniyat maskanlarini aylansangiz, xuddi moziyga sayr etgandek bo‘lasiz. Ayniqsa, teatr maydoni, viloyat Alisher Navoiy xiyoboni, amfiteatr bayramona bezatilgan.

Teatr maydonida o‘tovlar tikilgan, pavilonlar o‘rnatilgan. Festival mehmonlari – viloyatlarning badiiy jamoalari birin-ketin tashrif buyurmoqda. Shuningdek, festivalga xorijlik mehmonlar –YUNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda. Har kuni xiyobon va maydonlarda kuy-qo‘shiqlar sadosi, baxshilarning aytishuvlari yangramoqda. Guliston shahri 4 kun davomida milliy qadriyatlarimizning bir qirrasi - nomoddiy madaniy merosning namunasi bo‘lgan baxshichilikning serzavq, serjilo ohanglari bilan to‘ladi.  

[gallery-11710]

Festival doirasida baxshichilik va dostonchilik san’atini rivojlantirish, baxshi-shoir, oqin va jirovlar ijodining sharq madaniyati va san’atidagi o‘rni hamda ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Xorijiy va O‘zbekiston baxshichilik san’ati ustalari ijrosida yakkaxon konsertlar va dostonchilik kechalari tashkil etiladi.

Anjuman yakunida ko‘rik-tanlov g‘oliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi hamda gala-konsert namoyish etiladi. Festival yana shunisi bilan e’tiborliki, bayram qatnashchilari viloyatning shahar va tumanlariga ham tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Hozirda Guliston shahrining so‘lim joylarida baxshilar bilan qiziqarli va maroqli uchrashuvlar, konsert dasturlari tashkil etilmoqda.

Shuhrat Suyarov, O‘zA