Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonda 175 oila farzandlariga yordam ko‘rsatildi
13:56 / 2025-06-29

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida ijtimoiy yordamga muhtoj 175 nafar oilaning farzandlariga amaliy yordam ko‘rsatildi. Ularga zamonaviy stol va stullar topshirildi, ayrim hollarda ushbu jihozlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xonadonlariga yetkazib berildi.

Bu xayrli tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish, jumladan, unga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Tadbir “Nuroniy” jamg‘armasi ko‘magida, Guliston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Olimjon Jo‘rayev, tuman Nuroniylar kengashi raisi Mudorodqul Mirzaraimov hamda tumandagi bir guruh faol nuroniylar ishtirokida o‘tkazildi.

– Eng asosiysi, bunday tashabbuslar bir martalik yordam bilan cheklanib qolmaydi. Prezident qarori ijrosi doirasida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, nuroniylarimizning tajribasidan samarali foydalanish ishlarini izchil davom ettiramiz, – dedi Olimjon Jo‘rayev.

Fuqarolarga ko‘rsatilgan bunday amaliy yordam nafaqat moddiy ko‘mak, balki e’tibor, mehr-muruvvat va g‘amxo‘rlik timsoli sifatida ham jamoatchilik tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.

Ayni paytda tumanda mazkur qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar faol nuroniylar ishtirokida izchil davom etmoqda. Ular o‘z hayotiy tajriba, aql-zakovat va beg‘araz mehnatlari orqali jamiyatda birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri