Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulistonda 15 nafar bolajonning sunnat to‘yi o‘tkazildi
12:40 / 2022-08-26

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi oldidan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbir tashkil etildi. Unda ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Temir daftar" va "Ayollar daftari" ro‘yxatiga kiritilgan oilalar 15 nafar farzandining sunnat to‘yi o‘tkazildi.

To‘y bolalarga tuman hokimligi hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi Guliston tuman bo‘linmasi huzurida ochilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hamda homiylar tomonidan velosiped, kiyim-kechak, boshqa esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mustaqillik, yoshlik, sevgi-muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
 


Shuhrat Suyarov, O‘zA