Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guliston va Xovos tumanlarida chigit bo‘y ko‘rsatdi
11:01 / 2021-04-19

Sirdaryo viloyatining 8 ta paxtachilik tumanlarida chigit ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilayotgan ayni paytda, Guliston va Xovos tumanlari paxta dalalarida chigit unib chiqdi.

Xususan, Guliston tumanining “Uch qahramon” suv iste’molchilari uyushmasidagi “Nurabod – Haydarabod” fermer xo‘jaligi, Xovos tumanining H.Norchayev hamda E.Qahhorov nomli SIUlarining paxta dalalariga ekilgan chigit bo‘y ko‘rsatdi.  

Har ikki tuman mirishkorlari baraka urug‘i unib chiqqan hududlardagi fermerlar g‘o‘za qator oralariga birinchi kultivatsiya ishlarini amalga oshirish maqsadida belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda.  

Joriy qishloq xo‘jaligi mavsumida Guliston tumani paxtakorlari 2 ming 290 gektar yerga chigitni tomchilatib sug‘orish texnologiyasiga asoslangan holda suv tejamkor uskunalar o‘rnatib ekishni rejalashtirgan. bugungi kunda tumandagi “Beshbuloq”, “Uch qahramon” va “Hosilobod” SIUlarida baraka urug‘ini aynan suv tejamkor uskunalar o‘rnatilgan maydonlarga qadash ishlari avji pallada.

Xovoslik paxtakorlar esa joriy yilda jami 7 ming 57 gektar yerga chigit ekishni rejalashtirgan bo‘lsa, shundan 6 ming 300 gektardan ortiq yer maydoniga paxtaning iqlim hududiga mos, serhosil va ertapishar navlari ekib bo‘lindi.

A.Qayumov, F.Toshmatov(surat), O‘zA