Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guliston tumanida "Agro markaz" ish boshladi
15:15 / 2022-06-09

Sirdaryo viloyati Guliston tumanida "Agro markaz" ish boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 iyuldagi “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan barcha tuman-shaharlarda o‘simliklarni himoya qilishning kompleks xizmatlarini ko‘rsatuvchi mana shunday markazlar tashkil etish belgilangan.

Farmon bilan mazkur markazlarga “Agrobank” ATB buyurtmachi bo‘lishi kerak.

Ushbu loyihaga “Agrobank” ATB tuman filiali tomonidan “Sentr agro servis klass” MCHJga 800 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, mazkur markazda laboratoriya, onlayn maslahatlar, urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish, issiqxona qurish, mini texnikalar sotish do‘koni va xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Keyingi bosqichda meva-sabzavotlarni sotib olish, saralash, qayta ishlash, qadoqlash va saqlash, manzarali daraxt va landshaft xizmati, inkubator, o‘quv markazi, muzlatgich, qishloq xo‘jalik sug‘urta xizmatlari, avtomatlashtirilgan bank xizmatlari, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.

Maqsad, tuman aholisi va fermerlariga sifatli agro xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, ularning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishdan iborat. Fuqarolar qishloq xo‘jaligi, tomorqa va landshaft dizayni borasida mavjud muammolar va savollarga shu markaz orqali javob hamda yechim topa oladi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA