French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guliston tumani yoshlari uchun ajoyib yangi yil tuhfasi
10:07 / 2020-12-29

Yangi yil arafasida Sirdaryo viloyatida navbatdagi raqamli texnologiyalar o‘quv markazining foydalanishga topshirilgani Guliston tumani fuqarolari, ayniqsa yoshlari uchun ajoyib bayram tuhfasi bo‘ldi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zkomnazorat” hududiy inspeksiyasi, viloyat “IT-Center”, tuman hokimligi, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Mazkur raqamli texnologiyalar o‘quv markazi – Guliston, Yangiyer shaharlari, Boyovut, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod va Xovos tumanlaridagidan so‘ng viloyatdagi sakkizinchisi bo‘ldi. Shinam, yorug‘, issiq va barcha sharoitlar mujassam xonalarga ega bo‘lgan yangi markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘iga ulangan. Ushbu muassasada yangi yildan boshlab tuman yoshlari uchun raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari va robototexnika bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, markazda tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organi rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakasini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishi ham rejalashtirilgan.

Shuningdek, markazda yoshlarni kompyuter sporti, ya’ni kibersportga jalb qilish, kibersport qoidalarini o‘rgatish, turli o‘yinlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirish, jamoaviy o‘yinlar amaliyotini tashkil etish, respublika miqyosida musobaqalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

 

A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), O‘zA