Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guliston shahriga yangi hokim tayinlandi
17:46 / 2025-11-25

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ishtirok etib, shahardagi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolar haqida so‘z yuritdi.U kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha shahar rahbari yetarli darajada faollik ko‘rsatmayotganligini ta’kidladi.

Sessiyada tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi: Guliston shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Jamoliddin Xodjimanov  o‘z lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Farruh O‘ktamjonov Guliston shahar hokimi lavozimiga deputatlar tomonidan ma’qullandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri