Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guliston shahrida 36 nafar talabaga kontrakt to‘lovining 50 foizi to‘lab berildi
10:29 / 2021-10-30

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 18-30 yosh toifasidagi yoshlar soni 16 632 nafarni tashkil etadi. Ular o‘rtasida o‘tkazilgan anketa so‘rovnomasidan so‘ng 1178 nafari «Yoshlar daftari»ga kiritilgan.

Hozirda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan, haydovchilik yo‘nalishida o‘quv kurslarida o‘qigan, muddatli harbiy xizmatga yuborilgan va boshqa yo‘nalishlarda bandligi ta’minlangan yoshlardan 1099 nafari ro‘yxatdan chiqarilgan. Qolgan 79 nafar yoshning bandligi ta’minlanib, ro‘yxatdan chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Guliston shahar hokimligi huzurida ijtimoiy ahvoli qiyin bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun «Yoshlar jamg‘armasi» tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida bunday yoshlardan 110 nafariga jami 110 mln.so‘m miqdorida bir martalik yordam puli ajratilgan. Shuningdek, 98 nafar yoshning kelajakda bandligini ta’minlash maqsadida, haydovchilik kurslarida o‘qitish uchun 195 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan. Oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan yoshlardan 22 nafariga safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni o‘tashlari uchun 112 mln. so‘m mablag‘ o‘tkazib berilgan bo‘lib, hozirda ular harbiy xizmatni o‘tamoqda.

Bundan tashqari, kasb-hunarga ega bo‘lgan, biroq mablag‘i yo‘qligi tufayli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ya olmagan yoshlardan 89 nafariga subsidiya asosida 591 million so‘mlik zarur asbob-uskunalar berilgan va ularning bandligi ta’minlangan. 15 nafar yoshlga 50 sotix maydon ajratilib, ularga 23 mln. so‘mlik urug‘ va ko‘chatlar subsidiya asosida berilgan. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, imkoniyati cheklangan 36 nafar yigit-qiz uchun 150 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, kontrakt to‘lovining 50 foizi to‘lab berildi.

 

Shuhrat Suyarov, Furqat Toshmatov(surat), O‘zA