Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guliston shahar hokimi yosh sportchilar bilan uchrashdi
18:01 / 2022-07-13

Guliston shahar hokimi – viloyat dzyudo federatsiyasi raisi To‘lqinjon Dadaboyev sportning ushbu turi bo‘yicha olib borilayotgan mashg‘ulotlar hamda sportchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida yosh sportchilar bilan uchrashdi.

Sportning ushbu turi bilan shug‘ullangan yoshlarda sabr va matonat, chidamlilik shakllanadi, har tomonlama sog‘lom bo‘ladi. Uchrashuvda To‘lqinjon Dadaboyev mazkur sport turining aynan shu jihatlariga alohida e’tibor qaratdi. Dzyudo bilan shug‘ullanayotgan va sportning ushbu turi bilan endigina shug‘ullanishni boshlagan har bir yosh bilan alohida suhbatlashdi. 

Ushbu sport turidan respublika va jahon miqyosida yuksak natijalarga erishgan sportchilar faoliyatiga to‘xtaldi. Eng muhimi sportning dzyudo turini Guliston shahrida ommalashtirish, chempionlarni yetkazib berishda har qanday yordamini va zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyorligini bildirdi.  

Shuningdek, sportchi yoshlarga olimpiya va jahon chempionlari ishtirokida tayyorlangan videolavha namoyish etildi. Videolavhada ko‘rsatilgan holatlar yoshlar bilan muhokama qilindi. 

Sh. Suyarov, O‘zA