Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guliston davlat universiteti qomusi yaratildi
17:55 / 2020-10-20

Mazkur qomusni yaratishga kirishilganiga sal kam 10 yil boʻldi. Professor Hayitboy Mirhaydarov boshlagan ishni professor Ravshanbek Mahmudov katta mehnat qilib yakuniga yetkazdi.


Sirdaryoda viloyatdagi yagona oliy oʻquv yurti faoliyati, unda mehnat qilayotgan ustozlar haqida hikoya qiluvchi Toshkentdagi “Mumtoz soʻz” nashriyotida 500 nusxada chop etilgan “Guliston davlat universiteti qomusi” kitobining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.

Bu haqda universitet axborot xizmati xabar berdi.

Mamlaktimizda 125 dan ortiq oliy oʻquv yurti mavjud boʻlib, Sirdaryo pedagogika instituti bazasida kamol topgan Guliston davlat universitetining tashkil etilganiga 54 yil boʻldi. Ushbu asardan oliygohda ishlab bu yorugʻ olamni tark etgan va ayni kunlarda faoliyat yuritayotgan 600 nafardan ortiq professor, oʻqituvchi, ilmiy va texnik xodimlarning mehnat va hayotlari haqidagi qimmatli maʼlumotlar kiritilgan.

Mazkur qomusni yaratishga kirishilganiga sal kam 10 yil boʻldi. Professor Hayitboy Mirhaydarov boshlagan ishni professor Ravshanbek Mahmudov katta mehnat qilib yakuniga yetkazdi.

Qomus 30,85 bosma taboq boʻlib, 32 betda rangli rasmlar va 72 ta turli xil faoliyatlar aks etgan rasmlar bilan bezatilgan.

Guliston davlat universiteti qomusini varaqlagan kishi oʻquv yurtini bosib oʻtgan sharafli yoʻli haqida hamda oliygohning sobiq talabasi Oʻzbekiston Qahramoni Same Samatov, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Risboy Joʻrayev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi Ilgizar Axmetov, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Hazratqul Qarshiboyev, fan doktorlari, professorlar A.Pozilov, K.Nuriyev, H.Qoʻshiyev, I.Shirinova, A.Mamatov, R.Davlatov va boshqa koʻplab olimlar haqida maʼlumotlarga ega boʻladi.

Guliston davlat universiteti qomusi bu yoʻldagi dastlabki ish. Professor Ravshanbek Mahmudovning saʼyi harakati bilan 445 sahifali kitob tayyorlandi. Eng asosiysi universitet haqida asosiy manba toʻplandi, tartibga solindi. Qomusning keyingi nashrlari yana toʻldirilib borilaverilishi ham nazarda tutilgan.