GulDUda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilsa boʻladi
Mamlakatimizdagi bir qator nufuzli oliygohlar singari endi Guliston davlat universitetida ham doktorlik (PhD va Dsc) dissertatsiyalari himoya qilinadigan boʻldi.
Mamlakatimizdagi bir qator nufuzli oliygohlar singari endi Guliston davlat universitetida ham doktorlik (PhD va Dsc) dissertatsiyalari himoya qilinadigan boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisining joriy yil 30-sentyabrdagi qarori asosida Guliston davlat universitetida biologiya yoʻnalishi boʻyicha (PhD 30.09.2019-y. V91.01 raqamli) ixtisoslashgan ilmiy kengash ish boshladi.
Universitetda yangidan ish boshlagan biologiya boʻyicha ixtisoslashgan kengash mamlakatimizdagi eng yetuk 11 nafar biolog-olimlardan tashkil topgan. Ixtisoslashgan ilmiy kengashga biologiya fanlari doktori, professor Hazratqul Qarshiboyev – rais, biologiya fanlari doktori, professor Abduvoit Pozilov – rais oʻrinbosari, biologiya fanlari nomzodi dotsent Feruza Gʻoibnazarova – ilmiy kotib etib tasdiqlandi.
– Oliy taʼlim muassasamizda 3 yil davomida yana 3 ta yangi ixtisoslashgan ilmiy kengash ochishni rejalashtiryapmiz, – deydi universitet rektori, professor Muhsin Xodjiyev. – Joriy yilning oʻzida 14 nafar yosh oʻqituvchilar doktorlik dissertatsiyasi(PhD)ni aynan shu ilm dargohimizda himoya qiladi. Jamoamizning ilmiy salohiyati oʻsishi bardavomligiga ishonchim komil.