Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulchehra Qarshiboyeva – tanlov g‘olibasi
19:47 / 2023-08-18

FOTOREPORTAJ

Sirdaryoda “Ishbilarmon ayol – 2023” respublika ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.  

Dastlab tadbirkor, hunarmand va fermer xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida 367 nafardan ziyod ayollar ishtirok etib, ularning 10 nafari viloyat hududiy bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.  

[gallery-13172]

G‘oliblarni aniqlashda yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyati, investitsiyalar jalb qilish kabi mezonlar alohida e’tiborga olindi.

Boyovut tumanidagi “Bolg‘ali Qilich aka” fermer xo‘jaligi rahbari Gulchehra Qarshiboyeva tanlov g‘olibi, deb topildi. Sardoba tumanidagi 5-maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi Tojinor Eshmanova ikkinchi, sayxunobodlik hunarmand Habiba Qarshiboyeva uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘oliblarga diplom, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA