French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gulbuloq qishlog‘ida yangi maktab va yangi bog‘cha ish boshladi
14:57 / 2020-12-29

Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi Gulbuloq qishlog‘ida bayram arafasida yangi bog‘cha va yangi maktab binolari foydalaishga topshirildi.

Gulbuloq tuman markazidan olisda joylashgan eng katta qishloqlardan biri. Joriy yilda qishloqdagi 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstuksiya qilinib, 100 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi.

Yangi yil arafasida qishloqda maktabgacha ta’lim muassasasining rekonstuksiyadan so‘ng yangilangan binosini foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan qishloq faolllari, ota-onalar, jamoatchilik vakillari mamlakatimizda yoshlar kelajagini ko‘zlab amalga oshirilayotgan ishlar uchun davlatimizga minnatdorlik bildirdi.  

– Davlatimiz tomonidan yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor berilayotganidan mamnunmiz, – deydi mehnat faxriysi Saltanat Ziyodullayeva. – Bolalarimni bog‘chaga berolmaganim armon edi, endi nabiralarim zamonaviy muassasada tarbiyalanadigan bo‘ldi. Bu yerdagi jajjilarimiz uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rib xavas qildim. Shunday kunlarga yetganimizga shukur qilaman.  

Shu kuni qishloqdagi 50-umumta’lim maktabida ham shunday tantana –  rekonstuksiyadan so‘ng muassasa inshootni va qo‘shimcha binosini foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

– Hukumatimizning manzilli dasturi asosida 3,5 milliard so‘m sarflanib, maktabimizning 420 o‘quvchi  o‘rinli eski binosi to‘la ta’mirlandi. 210 o‘rinli yangi bino qurildi, – deydi maktab rahbari Burxon Umarov. – Zamonaviy loyiha asosida barpo etilgan yangi binoda ta’lim tarbiyani bugungi davr talablari asosida yo‘lga qo‘yish uchun endi barcha imkoniyatlarimiz bor. Biz, pedagoglar jamoasi bu imkoniyatlardan foydalanib, ta’lim tarbiya ishlarini namunli yo‘lga qo‘yish uchun butun kuchimizni sarflaymiz.

Yangi yil arafasida bunday ko‘ngilli tadbirlar viloyatning boshqa tumanlarida ham bo‘lib o‘tayotir. Aholini ayniqsa maktab, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirlayotgan yangilanishlar mamnun etmoqda.  

Chunki so‘nggi uch yilda viloyatda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini kengaytirishda katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, shu davrda 24 davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va 648 ta nodavlat, xususiy va oilaviy bog‘chalar tashkil etildi. 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish 19 foizdan 67,1 foizga oshirildi.  

Shuningdek, 140 ta o‘rta umumta’lim maktabi kapital ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi. 230 ta maktab sport zallari bilan ta’minlandi, 201 ta maktabda kutubxonalar tashkil etildi

[gallery-631]

 

T. BEKNAZAROV,  

J. YORBEKOV (surat), O‘zA