Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gul yetishtirishdan mo‘may daromad olayotganlar
16:51 / 2021-07-28

Andijon viloyati Izboskan tumani Botirobod mahallasi gulchilikka ixtisoslashgan mahallalardan biridir.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yil 7-18 iyun kunlari Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, ish o‘rinlari tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratish, jumladan, viloyatdagi 882 ta mahallada aholisining azaldan shakllangan ko‘nikmalaridan kelib chiqib, eng samarali “o‘sish nuqta”lari sifatida – hunarmandchilik, tomorqa va issiqxona xo‘jaligi, bog‘dorchilik, gulchilik, parrandachilik kabi yo‘nalishlar belgilanganligini qayd etdi. Bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish, jumladan, gul va manzarali ko‘chatlar yetishtiriladigan bog‘ barpo etish, Shahrixon tumanidagi kasb-hunarga o‘qitish markazida Gulchilik maktabi ochish, mazkur yo‘nalishda issiqxonalar tashkil etish, tomorqalarda gul yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.  

Andijon viloyatida  bu borada e’tiborga molik ishlar olib borilayotganini alohida ta’kidlash joiz. Gul, gul ko‘chatlari yetishtirish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba to‘plangan Andijon, Izboskan va Oltinko‘l tumanlarida klaster usulida gul yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. bugungi kunda viloyatidagi 27 ta mahallada 5 mingga yaqin xonadon tomorqasida gul yetishtirilmoqda. Mazkur ishlarni tashkil etish hisobiga 10 ming nafarga yaqin aholining bandligi ta’minlangan.  

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, 10 sotix yerga ekilgan orxideya guli 850 million so‘mgacha, liliya 450 million so‘mgacha, pion 320 million so‘mgacha daromad olish imkonini beradi. Izboskan tumanidagi Botirobod mahallasida serdaromad soha hisoblangan gulchilik bilan shug‘ullanayotgan oilalar soni tobora ko‘paymoqda.  

– Mahallamizdagi 640 xonadonda 4 ming nafardan ziyod aholi yashaydi, - deydi Izboskan tumanidagi Botirobod mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Abdurahim Hasanov. – Mahallamizda tomorqadan unumli foydalanish, ayniqsa, gulchilik bilan shug‘ullanish bo‘yicha ilg‘or tajribalar shakllangan. Hozirda mahallamizdagi 70 dan ortiq oila gul, gul ko‘chatlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi.  

– Qariyb 40 yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanaman, – deydi Botirobod mahallasi Mangulik ko‘chasida yashovchi A’zamjon Kamoljonov. –  Butun oilamiz bilan xonadonimdagi 6 sotix issiqxonada o‘ndan ortiq turdagi gul ko‘chatlarini yetishtiramiz. Buning ortidan har yili kattagina daromad topamiz. Yoshim yetmishga yaqinlashyapti, turmushimiz yomon emas, chiroyli uylar solyapmiz, to‘ylar qilyapmiz. Bularning bari mehnatimiz, shu ishimiz ortidan topilgan daromad hisobidan bo‘lyapti. Gulchilik bilan shug‘ullangan odam aslo kam bo‘lmaydi.  

Mahallaning Oybek ko‘chasida yashovchi Arofatxon Qobulova ham oilasi bilan gulchilik bilan shug‘ullanadi. Ellik sotix issiqxonada gul ko‘chatlari yetishtiradi. Issiqxonada oilaning a’zolaridan tashqari, mahalladagi 6 nafar kishi ham ish bilan ta’minlangan, doimiy daromad manbaiga ega.

Umuman, mahallada gulchilikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga havas qilsa arziydi. Mahallaning “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan mazkur sohada ish yuritayotgan oilalar soni esa tobora ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida aholining, eng avvalo, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, turmush farovonligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.  

[gallery-3224]

F.  UBAYDULLAEV,

Z.UMRZOQOV (surat),O‘zA