English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Guanjouda O‘zbekiston – Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
15:50 / 2023-11-21

Xitoyga tashrifi davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Guandun muzofotidagi Guanjou shahrida bo‘lib o‘tgan biznes-forumda ishtirok etdi.

Anjumanda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 dan ortiq vakili hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mavjud aloqalarni mustahkamlash, yangi qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Tadbir doirasida bir qator kelishuvlar imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Guandun Xitoyning eng yirik eksportchi va importchi hududi hisoblanadi. Mamlakatimiz TIV rahbari gubernator Van Veychjun bilan o‘tkazgan muzokara chog‘ida ishbilarmonlik aloqasini kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zA