Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gruziyaning quruqlikdagi chegaralari sayyohlar uchun ochilishi mumkin
09:51 / 2021-05-14

Gruziya iqtisodiyot va barqaror taraqqiyot vaziri Natiya Turnava mamlakatning quruqlikdagi chegaralari bir necha haftadan keyin sayyohlar uchun ochilishi mumkinligi bo‘yicha bayonot berdi.

“Sputnik Gruziya”ning yozishicha, Turnava shu muddat ichida respublikada koronavirusning uchinchi to‘lqini tugashiga umid bildirgan va shunda sayyohlarning xavfsizligi to‘la ta’minlanishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Gruziya fuqarolari havo yo‘li bilan kirishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirib, bunda kiruvchilar koronavirusga topshirilgan salbiy natijali test hujjatini taqdim etish shartini qo‘ygandi. Mamlakatning quruqlikdagi chegaralari hamon yopiqligicha turibdi.