Gruziyada tug‘ilish kamaygan
O‘tgan yil Gruziyada 40 214 bola tug‘ilgan. Bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 5 foiz kam. Chaqaloqlarning 21 010 nafari o‘g‘il, 19 204 nafari qiz bola. Achinarlisi, mamlakatda yangi dunyoga kelganlarga nisbatan, 2542 nafar ko‘proq odam vafot etgan.
“Kommersant” yozishicha, o‘lim koeffitsenti bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklardan ko‘ra, besh yoshgacha bolalar orasida yuqori ekan.
25 yoshgacha bo‘lgan onalar ulushi 26,5 foizdan 24,6 foizga, 25-36 yoshli onalar ro‘yxati 69,6 foizdan 69,4 foizga tushgan. 40 yoshdan katta onalar soni 4 foizdan 6 foizga ko‘tarilgan.