Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gruziyada mustaqillik kuni nishonlandi
15:08 / 2021-05-28

Kuni kecha Gruzin xalqi o‘z milliy bayrami – Mustaqillik kunini nishonladi.

Bu yil koronavirus pandemiyasi sharoitida joriy qilingan qator cheklovlar tufayli bayram odatdagidan kamtarona o‘tkazildi.

Prezident Salome Zurabishvili, bosh vazir Irakliy Garibashvili, hukumat a’zolari, diplomatik korpus vakillari Mustaqillik kunini Ozodlik maydonida nishonlashdi.

Salome Zurabishvili xalqqa o‘zining tabrigini yo‘lladi.

Shundan so‘ng bosh vazir Irakliy Garibashvili va parlament raisi Kaxa Kuchavalar ham so‘zga chiqib, mamlakat ahlini qutlug‘ sana munosabati bilan tabrikladi.

Bayram kuni Ozodlik maydonida harbiy chiqishlar ham uyushtirildi. Unda turli harbiy texnikalar va jangovar mashinalar ishtirok etdi. Tbilisi osmonida jangovar samolyotlar va vertolyotlar parvoz qildi.

Shu kuni yosh askarlarning qasamyod qabul qilish marosimi ham tashkil etildi.

Bundan 103 yil avval 26 may kuni Gruziya Milliy kengashi Tbilisidagi hozirgi yoshlar uyida davlat mustaqilligi aktini qabul qilgan edi.

Ta’kidlash joizki, ushbu voqeadan ikki kun o‘tib, ya’ni 28 may kuni xuddi shu tarixiy binoda Ozarbayjon ham o‘z mustaqilligini e’lon qilgan.

Ilk demokratik respublika o‘z mustaqilligini atigi ikki yarim yil saqlab tura oldi. Bolsheviklar bosqinidan keyin Gruziya demokratik respublikasi o‘z mustaqilligini yo‘qotdi.

Faqat 1991 yil 9 aprelga kelib Gruziya xalqi o‘z mustaqilligini qayta tikladi.