Gruziyada iste’molchi huquqlari va raqobat siyosati masalalari muhokama qilindi
Gruziyada Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha IV Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining vakillari ham ishtirok etdi.

Anjumanda bir qator mamlakatlarning raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish idoralari rahbarlari, shuningdek, mahalliy va xalqaro ekspertlar, davlat va regulyator organlar, biznes sektori va xalqaro tashkilotlar tomonidan raqobat siyosati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va regulyator organlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda konferensiya doirasida ishtirokchi idoralar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Uning maqsadi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat.
Nigora Rahmonova, O‘zA