Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gruziyada 24 soat ichida uchta zilzila sodir bo‘ldi
07:41 / 2021-08-12

Gruziya sharqida bir sutka ichida uchta zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Milliy seysmik monitoring markazi xabar berdi.

Novosti-Gruziya saytining ma’lum qilishicha, 10 avgust kuni Dmanisi shahridan 24 kilometr g‘arbda 3,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan.

Shundan yetti soat o‘tib, 11 avgust kuni soat 01:14 da Ninotsminda shahridan 25 kilometr sharqda joylashgan Sameba qishlog‘ida 3,2 magnitudali zilzila sezildi. Uch daqiqadan so‘ng yana 3,1 magnitudali yer qimirlashi kuzatilgan.

Gruziyada oxirgi bir oy ichida 1,2 mingdan ortiq zilzila qayd etilgan, ularning aksariyati Sameba qishlog‘ida ro‘y bergan.

Milliy seysmik monitoring markazi rahbari Teya Godoladzening ta’kidlashicha, ekspertlar bu jarayondan ajablanmagan, boisi Javaxet tizmasida vulqon bor.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu hodisa aholi uchun jiddiy xavf tug‘dirmaydi. Gruziya seysmik faolligi o‘rtacha bo‘lgan mamlakat hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Gruziyadagi eng kuchli zilzilalar 1991 yilda G‘arbiy Racha va Imereti hududlarida sodir bo‘lgandi. O‘shanda zilzila epitsentri 9 ballga yetgan. Natijada 200 kishi halok bo‘lgan, 46 ming uy va sanoat ob’ektlari vayronaga aylangan.