Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot toʻgʻrisida
19:59 / 2020-08-13

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Gruziya tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani bilan telefon orqali muloqot qildi.


Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Gruziya tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chogʻida xalqaro tuzilmalar doirasida ikki va koʻp tomonlama shakldagi Oʻzbekiston - Gruziya munosabatlarining bugungi holati va istiqboli muhokama qilindi.

Savdo-iqtisod, investitsiya, transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Pandemiyaning iqtisodiy aloqalarga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha qoʻshma choralar qabul qilish muhimligi taʼkidlandi.

Vazirlar madaniy-gumanitar sohadagi yaqin munosabatlarni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar, ilm-taʼlim va intellektual almashinuvni faollashtirishga qiziqish bildirdilar.

Turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirish boʻyicha takliflar, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar koʻrib chiqildi.