Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gruziya prezidenti mamlakatdagi saylovlarga o‘z munosabatini bildirdi
09:57 / 2021-10-04

“Gruziyadagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar tinch va raqobat asosida bo‘lib o‘tdi”, deyiladi mamlakat prezidenti Salome Zurabishvilining telemurojaatida.

“REGNUM” xabariga ko‘ra, u: “Murakkab siyosiy va qutblashgan saylovoldi muhitga qaramasdan, saylovlar tinch, adolatli, xavfsiz va raqobat asosida bo‘lib o‘tdi. Demokratiya va barqarorlik sari qadam tashlanishi juda muhim”, deb ta’kidlagan.

Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” partiyasi 48,56 foiz, muxolifatdagi “Milliy birlik harakati” partiyasi esa 31,23 foiz olgan.