English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gruziya porti YeI sanksiyalari ro‘yxatida(mi)?
14:43 / 2026-02-11

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 20-sanksiyalar paketiga Gruziya portini kiritishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, mamlakat rasmiylari Yevropa Komissiyasiga bu masala bo‘yicha batafsil ma’lumot berishga tayyorligini bildirdi.

“Reuters” axborot agentligi RFga qarshi sanksiyalar paketi taklifiga rus nefti o‘tishi mumkin bo‘lgan Gruziyaning g‘arbiy qismidagi “Kulevi” porti kiritilganini yozib chiqdi.

Agar ushbu joy ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilsa, YeI kompaniyalari va shaxslariga port bilan biznes yuritish taqiqlanadi. Nashr shuningdek, bu blokning uchinchi mamlakatlardagi portlarga qarshi sanksiyalar joriy etgan birinchi holat ekanligini ma’lum qildi.

S.Rahimov, O‘zA