French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gruziya Ozarbayjon bilan harbiy bitimni ratifikatsiya qildi
14:11 / 2023-06-14

Gruziya parlamenti “Gruziya va Ozarbayjon hukumatlari o‘rtasida mudofaa sohasida hamkorlik” to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi, deyilgan mamlakat qonun chiqaruvchi idorasi matbuot xizmati axborotida.

“Hujjatda harbiy ta’lim, o‘quv-mashqi va o‘qitish, mudofaa siyosati va xavfsizlik, NATOning “Tinchlik uchun hamkorlik” dasturi doirasida hamkorlik qilish, harbiy qonunchilik, harbiy nashr, harbiy tibbiyot, mudofaa sohasida kiber xavfsizlik, ijtimoiy, sport va madaniy tadbirlar o‘tkazish yo‘nalishlari belgilab olingan”, - deyiladi bitimga berilgan sharhda.

Mazkur hujjat, shuningdek, o‘zaro rasmiy tashrif va amaliy uchrashuvlar, ikki tomonlama muzokara, maslahatlashuv va tajriba almashish, umumiy manfaatli ma’lumotlarni baham ko‘rish, konferensiya va seminarlarda ishtirok etish kabi maqsadlarni ham ko‘zlaydi.