Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gruziya muxolifatchilari deputatlik vakolatidan voz kechganligi haqida aktni imzoladi
17:24 / 2020-11-03

Muxolifatchilar qaytadan parlamentga saylovlar oʻtkazishni talab qilgan.


Gruziyada saylov natijalariga koʻra, parlamentdan joy olgan barcha muxolifat partiyalar deputatlik vakolatidan voz kechganligi haqida rasmiy hujjatni imzoladilar. Hujjatda parlament saylovlari qalbakilashtirilgani va Markaziy saylov komissiyaning bergan yakuniy maʼlumotlari noqonuniy ekani aytilgan.

“Biz, muxolifat partiyalari, saylovlar qalbakilashtirilgani sababli parlamentdagi vakolatimizdan voz kechamiz va “qonun boʻyicha” ham, “amalda” ham parlament tarkibiga kirmaslik uchun barcha siyosiy va huquqiy choralarni koʻramiz”,- deyiladi partiyalarning matbuot xizmatlari eʼlon qilgan mazkur hujjatda.

Muxolifatchilar qaytadan parlamentga saylovlar oʻtkazishni talab qilgan.

Maʼlumot uchun: Gruziyada 31-oktyabrda parlament saylovlari boʻlib oʻtdi. 150 ta deputatlik oʻrni uchun boʻlib oʻtgan kurashda hukumatni boshqarayotgan “Gruziya orzusi ” partiyasi 48,15 foiz ovoz olgan va 61 ta mandatni qoʻlga kiritgan. Markaziy saylov komissiyasining maʼlumotiga koʻra, mazkur partiya yana 14 ta saylov okrugida ham gʻalaba qozongan. Bu esa ularga parlamentda 75 ta oʻrinni beradi. Parlamentda koʻpchillikni tashkil qilish uchun esa 76 ta oʻrin kerak boʻladi.

Xabarda aytilishicha, 16 ta bir mandatli okruglarda saylovning ikkinchi bosqichi 21-noyabrda boʻlib oʻtadi.