French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gruziya bosh vaziri Tblisi Baku va Yerevan uchun muloqot maydoni bo‘lishini taklif qildi
14:52 / 2021-09-28

Gruziya Armaniston va Ozarbayjon munosabatlarining izga tushishi uchun, o‘z hududida ularning urushdan keyingi davr muloqoti uchun sharoit yaratishi mumkin.

Bosh vazir Irakliy Garibashvili shunday fikrni aytdi, deyiladi “Sputnik Gruziya” xabarida. Uning aytishicha, avvalroq mamlakatning muvaffaqiyatli vositachiligi bilan 15 nafar arman harbiy mahbuslari ozod qilingan, shuningdek, Ozarbayjonga Qorabog‘ning ayrim hududlari berilishi ta’minlangandi. U bundan buyon ham Tbilisi Baku va Yerevan uchun muloqot maydonini taklif qilishini ta’kidladi.

“Oliy darajadagi jarayonning samarasi muttasil bo‘lishi uchun arman va ozarbayjon qardoshlarimizga Tbilisida muloqot maydonini taklif qilamiz”, dedi u.