Gruziya Bosh vaziri Qozog‘istonga keldi
Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga bordi, deya xabar berdi Gruziya hukumati matbuot xizmati.
Tashrif doirasida “Vazirlar Mahkamasi raisi oliy darajada ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi”.
Ma’lum qilinishicha, Garibashvili boshchiligidagi delegatsiyaning safari maqsadi haqida boshqa ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Gruziya Bosh vaziri iyun oyida Doxada o‘tgan xalqaro forum doirasida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan uchrashgan edi. O‘shanda ular mamlakatlar o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmini kengaytirish masalasini muhokama qilishgan.
O‘zA