Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gruziya Bosh vaziri: “hududiy yaxlitlik”ni tiklaymiz
13:15 / 2022-08-08

Gruziya hukumati “tinch va oqilona siyosat” olib borish orqali respublikaning hududiy yaxlitligini tiklash niyatida. Bu haqda Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili ma’lum qildi.

“Biz hududiy yaxlitlikni tiklaymiz va mamlakatni birlashtirish uchun tinch va oqilona siyosatni tanlaymiz. Ishonchim komil, biz albatta maqsadga erishamiz”, deb yozdi hukumat rahbari ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Bugun Gruziyada Janubiy Osetiyada harbiy mojaro boshlanganining 14 yilligi nishonlamoqda. 2008 yili Moskva Abxaziya va Janubiy Osetiya mustaqilligini tan oldi. Tbilisi esa bunga javoban RF bilan diplomatik aloqani uzgan edi.