Gruzin-Isroil hamkorgida NATO mezonlariga mos bo‘lgan qurol ishlab chiqarilmoqda
Gruziyadagi “Delta” ilmiy-texnika markazi bazasida gruzin-isroil hamkorgidagi “Delta SAA” korxonasida NATO mezonlariga mos bo‘lgan “GI-4” miltiq-qurol ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Gruziya mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunday ishlab chiqarish mamlakat qo‘shinlariga o‘tochar qurollarini yetkazib berishni osonlashtiradi.
Korxonada hozir AQSH qurolli kuchlarida foydalanilayotgan miltiqlar ishlab chiqariladi.
“Mahkamadan kelgusida qurollar turi kengaytirilishi va ishlab chiqarish miqdori oshirilishi ma’lum qilindi”, deyiladi “REGNUM” xabarida.