Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Grozin: Moskva va Toshkent iqtisodiy hamkorligi istiqbolli ekani koʻrinib turibdi
12:59 / 2020-06-27

Oʻzbekiston va Rossiya iqtisodiyot sohasida, gumanitar yoʻnalishda juda koʻp qoʻshma loyihalarga ega – boshqa hech bir davlatda Rossiyaning bu qadar koʻp yetakchi oliy oʻquv yurtlari filiallari yoʻq, deya eʼtirof etdi ekspert.


Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Markaziy Osiyo instituti boʻlim rahbari Andrey Grozin OAVga bergan intervyusida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning soʻnggi uchrashuvi chogʻida har ikki davlat rahbari yuqori darajadagi shaxsiy ijobiy munosabat namoyon etgani yaqqol sezilib turganini alohida taʼkidladi.

Oʻzbekiston va Rossiya iqtisodiyot sohasida, gumanitar yoʻnalishda juda koʻp qoʻshma loyihalarga ega – boshqa hech bir davlatda Rossiyaning bu qadar koʻp yetakchi oliy oʻquv yurtlari filiallari yoʻq, deya eʼtirof etdi ekspert.

“Oʻzbekistonning oldida juda koʻp vazifalar turibdi. Oʻtgan davr mobaynida birinchi navbatda iqtisodiyot, valyuta-moliya sohasida, mamlakatni ekologik rivojlantirish va boshqa koʻplab yoʻnalishlarda toʻplanib qolgan muammolarni hal etish jiddiy, dadil va keskin qarorlar qabul qilishni talab etadi. Koʻp yillar respublika hukumatini boshqargan kishi sifatida Mirziyoyevdan boshqa kim ham iqtisodiyot qarshisidagi mavjud tahdidlarni yaxshi bilardi, degan ritorik savolni oʻrtaga tashlaydi”, - Andrey Grozin.

Aynan mana shu holat, yaʼni vaziyatni anglash mamlakatlarimiz hamkorligini jadallashtirishga yetaklaydi, deya qayd etadi spiker. Masalan, bu borada 2020-yilning 1-choragi yakunlariga koʻra, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli oʻsishga erishilganini kuzatish mumkin, hatto, koronavirus tarqalishi munosabati bilan dunyo boʻylab savdo sohsida yuzaga kelgan ulkan muammolar asnosida ham.

Moskva va Toshkent iqtisodiy hamkorligi ayni payt ijobiy jihati bilan namoyon boʻlmoqda. Rossiya biznesi va texnologiyalariga tayangan holda Oʻzbekiston sezilarli iqtisodiy oʻsishga olib keladigan bir qator loyihalarni amalga oshirishga tayyor turibdi.