English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Grossi: mamlakatlar yadroviy sinovga tayyorgarlik ko‘rishi alomati yo‘q
14:05 / 2025-12-27

MAGATE yadroviy kuchlar yadroviy sinovni qayta boshlashga tayyorgarlik ko‘rayotganidan dalolat beruvchi hech qanday alomat ko‘rmayapti, dedi tashkilot bosh direktori Rafael Grossi "RIA Novosti" nashriga bergan intervyusida.

- Guvoh bo‘lganimiz shuki, yirik davlatlar rahbarlari vaqti-vaqti bilan bayonot almashadi, kimdir boshqa mamlakat fikriga munosabat bildiradi, yana birov o‘zicha axborot tarqatadi, dedi mulozim. 

- Biz esa, qoida tariqasida, faktga tayanamiz. Binobarin, hozircha yadroviy sinovga harakatni ko‘rmayapmiz.

AQSH Prezidenti Donald Tramp 30 oktyabr kuni yadro quroli sinovdan o‘tkazilishi bo‘yicha, go‘yoki, shunday dasturga ega davlatlar bilan “teng asosda” ko‘rsatma berilganini e’lon qildi. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida u jarayon darhol boshlanishini ham qo‘shimcha qildi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, agar biror davlat yadroviy sinov o‘tkazsa, Rossiya bunga javob berishini ta’kidladi.

S.Rahimov, O‘zA