Grossi: MAGATE Eron yadro dasturiga egaligi haqida dalilga ega emas
Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) Bosh direktori Rafael Grossi tashkilot mutaxassislari Eron yadroviy qurol dasturiga ega ekanligiga oid aniq dalillarni ko‘rmadi, biroq vaziyat hamon xavotirli, dedi.
– Dunyoning hech bir davlati uranni 60 foizgacha boyitmaydi, bu texnik jihatdan qariyb 90 foizni tashkil etadi – yadro qurolini yaratish uchun aynan shunday ko‘rsatkich kerak, – deya masalaga aniqlik kiritgan mulozim “Bloomberg” telekanaliga bergan intervyusida. – Biz siyosiy tahlilchi yoki hukumat amaldori emas, yo‘riqchimiz. Ya’ni, faol yadroviy qurol dasturi mavjudligini e’lon qilish uchun bizga aniq dalillar kerak. Baribir, xalqaro hamjamiyat xavotirda va shu bois yaqinda MAGATE Boshqaruvchilar kengashiga jiddiy hisobot taqdim etiladi. Biz Eron vakillari bilan suhbatda yadro qurolini yaratish islomga ham to‘g‘ri kelmasligini doim eslatib turamiz. Qisqasi, noaniqlik ko‘p va bu yaxshi emas.