French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Grossi: Eron va MAGATE muzokaralarida natijaga erishilmadi
09:48 / 2022-11-10

Eron va MAGATE vakillari Venada Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Mazkur xalqaro tashkilot Bosh direktori Rafael Grossi uchrashuvning behuda bo‘lganini aytdi.

“Uzun muzokaralar natijasida hech qanday natijaga erishilmadi”, dedi Grossi “Reuters” agentligiga.  

Shu bilan birga, u tomonlar aloqalarni davom ettirishni, MAGATE vakillari yaqin haftalarda Tehronga tashrif buyurishlari mumkinligini ta’kidladi. 

So‘nggi paytda MAGATE Erondagi deklaratsiya qilinmagan uchta yadroviy ob’ektda uran zarralari kelib chiqishini tekshirmoqda.  

  O‘zA