Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Grossi: Eron 10 dona yadroviy kallak uchun yetarli uran zaxirasini to‘plagan
17:10 / 2026-03-04

MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi “NBC News” telekanaliga bergan intervyusida Eron nazariy jihatdan 10 dan ziyod yadroviy kallak ishlab chiqarish uchun yetarli boyitilgan uran zaxirasiga egaligini aytdi. Binobarin, agentlik hali “yadroviy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha tizimli va tuzilmaviy dasturga doir hech qanday unsur"ni topa olmagan.

Grossi Eron uranni 60 foizgacha  boyitgani, bu “faqat yadro quroliga ega davlatlar uchun tegishli daraja ekani"ni ta’kidlagan. Uning fikricha, materialni zaxiralash jiddiy xavotir uyg‘otsa-da, mahsulotni qurol sifatida ishlatishdan ko‘zlangan “aniq maqsad” aniqlanmagan.

- Sentrifuga doimiy ravishda aylanib, zarur moddani tobora ko‘proq ishlab chiqaradi, - deydi Grossi.

S.Rahimov, O‘zA