Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gripp va koronavirus: qaysi biri xavfli?
12:44 / 2022-08-15

Hozirda gripp xastaligining og‘ir kechishi ehtimoli COVID-19 xastaligiga qaraganda yuqoriroq. Shunday ekan, gripp epidemiyasini hisobdan chiqarmaslik kerak, dedi RIA Novostiga Rossiya tibbiyot akademiyasi virusologiya kafedrasi rahbari, tibbiyot fanlari doktori Yelena Malinnikova.

"Koronavirus infeksiyasiga qaraganda gripp og‘irroq kechishi ehtimoli ko‘proq", – degan Malinnikova. Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, virusologlar hamjamiyati, bakteriologlar, infeksionistlar grippning yashirin xavfi haqida ogohlantirmoqda.

"Hozirda biz virusning antigenli tuzilmasi o‘zgarishidan xavotir olmoqdamiz, bu asosan H3N2 virusiga tegishli. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, epidemiya aynan ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin", – deya ta’kidlagan shifokor infeksionist.