French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gripp mavsumi yaqin
13:09 / 2021-10-06

Gripp – o‘tkir yuqumli virusli kasallik bo‘lib, yuqori nafas yo‘llarining zararlanishi bilan kechadi. Gripp mavsumiy kasallik hisoblanadi.

Mavsumiy ko‘tarilish asosan kuz-qish-bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Kasallik bilan barcha yoshdagi kishilar kasallanadi, ayniqsa,u nimjon bolalar, keksa yoshdagi kishilar, homiladorlik hamda surunkali xastaliklari bo‘lgan hamda tamaki chekuvchi shaxslarga tez yuqadi. Ko‘pgina og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Quyidagi Sanitariya-epidemiologiya xizmati taqdim etgan ma’lumotda bu haqda batafsil so‘z yuritiladi.

– Gripp, ayniqsa, keksalar, yosh bolalar, homilador ayollar va diabet, yurak kasalliklari yoki o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar orasida jiddiy asorat qoldirishi  va o‘limga olib kelishi mumkin. Har yili 65 yoshdan oshgan 60 mingga yaqin odam grippdan vafot etadi.  

– Gripp viruslari mutatsiyaga uchraydi va har yili turli xil shtammlar tarqalishi mumkin. Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan emlashdan immunitet pasayadi. Mavsumiy grippga qarshi vaksinalar har yili yangilanadi va shu davrda tarqalayotgan viruslardan yaxshi himoya qiladi.

Grippga qarshi emlash grippning oldini olish va jiddiy asoratlar va hatto o‘lim xavfini kamaytirish uchun eng yaxshi vositadir. Vaksinaning samaradorligi yildan yilga o‘zgarib turishi mumkin, bu aylanib yuruvchi virus turlari va ularning emlash komponentlariga bog‘liq. Bundan tashqari, samaradorlik emlangan odamning sog‘lig‘i va yoshi, shuningdek, emlashdan keyingi vaqtga bog‘liq. Grippga qarshi immunitet emlashdan taxminan 14 kun o‘tgach shakllanadi.

Mavsumiy grippga qarshi emlash 50 yildan ortiq vaqt davomida ishlatilgan. Vaksinani millionlab odamlar qabul qiladi va uning xavfsizligi vaqt o‘tishi bilan isbotlangan. Shuningdek, mamlakatlarda grippga qarshi emlashdan keyingi barcha nojo‘ya holatlarni kuzatish va davolash tizimlari mavjud.

 

Mohigul Qosimova, O‘zA