English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Greypfrut – o‘zbek limonchiligining yangi yo‘nalishi (+video)
11:40 / 2024-10-15

Asosan Xitoy, AQSH va Meksika davlatlarida yetishtiriladigan greypfrut mevasi ilk bor O‘zbekistonda seleksioner olimlarimiz tomonidan mahalliylashtirildi. Uning bir qancha noyob xususiyati bor, lekin asosiysi S vitaminiga boyligi bilan inson organizmi uchun juda foydali. Ushbu mamlakatlarda odatda mevaning vazni 600-700 grammni tashkil etgan bo‘lsa, yurtimizda yetishtirilganining vazni salkam 2 kilogrammga yetmoqda.

Shu kunlarda o‘zbek seleksioner olimi Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti, “Mevachilik va uzumchilik” kafedrasi ilmiy xodimi   Muhammadaziz Faxriddinov tomonidan greypfrutning yangi mahalliy navi yaratildi va patentlashtirildi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki xalq tilidagi “Toshkent” navi 1967 yilda seleksioner olim marhum Zayniddin Faxriddinov tomonidan yaratilgan bo‘lib, keyinchalik ushbu navni limonchilik maktabining davomchisi uning o‘g‘li yanada rivojlantirdi. Greypfrut mevasi aynan ushbu nav bilan chatishtirilganda yaxshi samara berdi.  

Bugungi kunga kelib limonchilik sohasida 150 nafardan ziyod shogird tayyorlagan Muhammadaziz Faxriddinov ilmiy tadqiqotlarini ishxonada, uyida davom ettirib, 13 ta istiqbolli  limon navini yaratdi. Shundan 8 tasiga patent oldi, yana 5 tasiga yaqin kunlarda patent olinadi.  20 ta ilmiy kitob va 80 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifidir.  

Bugungi kunda yurtimizda sohani rivojlantirishga berilayotgan davlat darajasidagi e’tibor tufayli limonzorlarning umumiy maydoni 2 ming gektardan oshdi. Yiliga 60 ming tonnadan ziyod limon yetishtirishga erishildi. Mamlakatimiz eksport salohiyati 10 ming tonnadan ziyodga yetdi. Limonzorlardagi hosildorlik har bir gektaridan 55-60  tonnani tashkil etmoqda.  

Albatta, ushbu shifobaxsh ne’matga aholi orasida talab yildan yilga oshib borar ekan, limonchilikdagi yangi navlarning o‘zlashtirilishi kelgusida katta samara berishi shubhasiz.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ayBLBRFAUeY?si=ksh4Hu9U9FfLaWbL" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev,O‘zA