Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gretsiyalik shaxmatchini mag‘lub etgan Abdusattorov AQSH vakili bilan bahslashadi
10:46 / 2025-12-01

Bugun, 1 dekabr kuni Londondagi “Emirates Stadium” majmuasida davom etayotgan “XTX Markets London Chess Classic" turnirining 6-turida Nodirbek Abdusattorov qora donalarda amerikalik Sem Shenklend bilan kuch sinashadi.

Kecha mukofot jamg‘armasi 50 ming funt sterlingdan iborat turnirning 5-turida Abdusattorov oq donalarda gretsiyalik Nikolas Teodorouga qarshi dona surdi.

Abdusattorovning ustunligida o‘tgan bahsda hamyurtimiz Nikolas Teodorouni 48-yurish holatida taslim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Nodirbek ochkolari sonini 4,5 taga yetkazgan holda yakka peshqadamga aylangan bo‘lsa, 3,5 ochkoga ega fransiyalik Alireza Firuzja 2-o‘rinda bormoqda.

9 ta turdan iborat “XTX Markets London Chess Classic" musobaqasi 5 dekabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA