Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gretsiyada poyezdlarning to‘qnashuvi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortmoqda
09:46 / 2023-03-02

Gretsiyadagi temir yo‘l halokati natijasida halok bo‘lganlar soni oshib bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 40 kishi halok bo‘lgan, 70dan ortiq kishi jarohatlangan, kasalxonadagi olti nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir, o‘nlab kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar berdi hukumat matbuot xizmati.

Hodisa kecha ertalab mamlakat markaziy qismidagi Larisa shahri yaqinida yo‘lovchi poyezdining yuk poyezdi bilan yuzma-yuz to‘qnashib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan.  

“Hellenic Train” kompaniyasining xabariga ko‘ra, Afinadan Salonikiga ketayotgan yo‘lovchi poyezdida 350 kishi bo‘lgan.  

Hodisa joyiga yetib borgan Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis fojianing sababi “inson omili” bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Transport vaziri Kostas Karamanlis iste’foga chiqqan.  

Yo‘lovchi poyezdni noto‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirgani aybini bo‘yniga olgan stansiya boshlig‘i hibsga olingan.  

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Rasmiylar qurbonlar sonining ortishidan xavotirda.

Gretsiya ommaviy axborot vositalari hodisani mamlakat tarixidagi eng yirik temir yo‘l halokati, deb atadi.  

 

O‘zA