Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gretsiyada ko‘plab tibbiyot xodimlari sohani tark etmoqda
13:50 / 2023-08-17

So‘nggi 2 yarim yil ichida Gretsiyada 10 mingga yaqin tibbiyot xodimi moliyaviy ta’minot sabab yoki mehnat sharoiti bilan bog‘liq qiyinchilik tufayli sohani tark etishgan. Davlat shifoxonalari xodimlari federatsiyasi (POEDIN) raisi Mixalis Giannakos “MEGA TV” telekanaliga bergan intervyusida mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini qish boshlanishidan oldin qayta tashkil etish kerakligini aytdi.

Federatsiya raisi so‘zlariga ko‘ra, xodim yetishmasligi tufayli davlat shifoxonalari uchun sotib olingan ko‘plab jihozlar, operatsiya xonalarining 40 foizidan foydalanilmayapti. Shifokorlar o‘rtacha 1800 yevro maoshni kam deyishyapti va xorijda ishlashni afzal ko‘ryapti.

Ayniqsa, viloyatlarda ish sharoitini yaxshilash zarur. Aks holda kadrlar yetishmovchiligi inqirozi yanada kuchayishi mumkin.