Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gretsiyada karantin tartibini buzgan fuqarolarga jarima solinmoqda
11:27 / 2020-03-25

Gretsiyada kuni kecha mamlakat politsiyasi tomonidan karantin tartibiga amal qilmagan 766 kishiga jarima solindi, deyiladi RIA Novosti tarqatgan xabarda.


Gretsiyada kuni kecha mamlakat politsiyasi tomonidan karantin tartibiga amal qilmagan 766 kishiga jarima solindi, deyiladi RIA Novosti tarqatgan xabarda.

Gretsiyada dushanbadan boshlab koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida fuqarolarning juda zarur boʻlmasa koʻchada yurishiga taqiq joriy qilingan edi. Ushbu tartib 6-aprelgacha amalda boʻladi.

Faqat ishga, oziq-ovqat xarid qilishga, dorixona va vrach qabuliga borish mumkin. Shuningdek, uy hayvonlarini sayr qildirishga va alohida sport bilan shugʻullanishga ham ruxsat bor. Maqsadsiz koʻchaga chiqish uchun jarima miqdori 150 yevroni tashkil etadi. Mamlakatda maktablar, umumiy ovqatlanish muassasalari, muzey va teatrlar, sartaroshxonalar yopilgan. Faqat supermarketlar va aptekalar ishlab turibdi.