Gretsiya va Turkiya hamkorligi Oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning ta’kidlashicha, aksariyat masalalarda Turkiya bilan yondashuvdagi ziddiyatlar saqlanib qolmoqda, lekin prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan muzokaralar ikki tomonlama munosabatlar rivojiga zamin hozirladi.
Kuzga borib Gretsiya va Turkiya hamkorligi Oliy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Gretsiya bosh vaziri Konstantinopol patriarxi bilan uchrashuvda shunday fikrni aytdi. Uning so‘zlari ERT-1 orqali ommaga yetkazildi.
“Agar hammasi joyida bo‘lsa, ikki davlat hamkorligining Oliy kengashi yig‘ilishini o‘tkazamiz, hozir esa, kuzda bo‘luvchi shu yig‘ilishni tashkillashtirish lozim”, dedi Mitsotakis.