Gretsiya sohillarida migrantlar o‘tirgan kema halokatga uchradi, qurbonlar bor
Kamida 15 kishi Gretsiyaning Lesbos oroli sohillarida migrantlar o‘tirgan kemaning halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘ldi, deb yozmoqda Frans Press agentligi sohil qo‘riqchilari bergan ma’lumotga tayanib.
“Kema bortida kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan 40 ga yaqin yo‘lovchi bor edi. Halok bo‘lgan 15 kishidan tashqari, yana bir necha kishi bedarak ketgan”, deyiladi xabarda. Kema kuchli shamol sababli cho‘kib ketgani aytilmoqda.