Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Gretsiya bosh vaziri Turkiyani xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilmaslikda aybladi
09:17 / 2021-09-25

Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis BMT minbaridan turib Turkiyani xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilmaslikda aybladi.

Nutq matni uning matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan.

Mitsotakis ta’kidlashicha, Gretsiya doim xalqaro huquq me’yorlariga amal qiladi va hamisha bahslarga BMT Nizomida ko‘zda tutilganidek, tinch yo‘l bilan yechim topilishi tarafdori bo‘lgan.  

Lekin bosh vazirning aytishicha, Gretsiya 1995 yildan buyon qo‘shni Turkiya bilan dengiz hududidagi bahsli chegara tufayli o‘ziga nisbatan kuch ishlatish tahdidiga uchrab keladi.  

“Bunday xiddiyatli holatlarning birdan-bir yechimi xalqaro dengiz qoidalariga amal qilishda”, dedi u.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Mitsotakis Gretsiyaning Turkiya bilan munosabati ijobiy tomonga o‘zgarayotganini aytgandi.