English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Grenlandiyani 51-shtatga aylantirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdim etildi
17:18 / 2026-01-13

Florida shtatidan Vakillar palatasiga respublikachi a’zo Fayn Grenlandiyani anneksiya qilish va orolni Qo‘shma Shtatlarning 51-shtatiga aylantirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.

U Arktikadagi yuk tashish yo‘llarining strategik ahamiyati nuqtai nazaridan Grenlandiya milliy xavfsizlikning muhim omili ekani, orolni boshqarish AQSH xavfsizlik tizimi zanjirining muhim xalqasi ustidan nazoratligini ta’kidlab, “Bu hudud Amerika manfaatiga tahdid soluvchi mamlakatlar tomonidan boshqarilishiga yo‘l qo‘yolmaymiz” deya ta’kidladi.

Loyiha Prezident Donald Trampga Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha Daniya bilan muzokara olib borish va keyin orolni AQSH shtati sifatida qabul qilish uchun qonunchilik nuqtai nazaridan zarur bo‘ladigan amaliyot bo‘yicha Kongressga hisobot tayyorlash vakolatini beradi.

S.Rahimov, O‘zA