Grenlandiya bilan bog‘liq vaziyat asnosida Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta yaqin kunlarda favqulodda yig‘ilish chaqirish niyatini e’lon qildi. Avvalroq u YeI AQSH Prezidenti Donald Tramp Yevropaning bir necha mamlakatiga tarif e’lon qilganiga javoban a’zo davlatlardan umumiy hujjat tayyorlayotganini aytgandi.
- So‘nggi voqealar ahamiyatini inobatga olib, shuningdek kelgusi vaziyatni muvofiqlashtirish maqsadida tez orada Yevropa Kengashi favqulodda yig‘ilishini chaqirishga qaror qildik, - deb yozgan Koshta ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
“Politiko” nashri YeI rasmiysi va diplomatga tayanib, yig‘ilish 22 yanvarga rejalashtirilganini yozgan.
Shanba kuni Tramp fevral oyida Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlyandiyaga 10 foiz tarif joriy etilishini e’lon qildi. Boj iyun oyida 25 foizgacha ko‘tariladi va Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha bitim tuzilguncha amal qiladi.
Hozir Grenlandiya Daniya Qirolligi tarkibida. Tramp esa orol Qo‘shma Shtatlar tarkibiga kirishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan. Daniya va Grenlandiya rasmiylari Vashingtonni orolni egallab olishdan ogohlantirib, hududiy yaxlitlik hurmat qilinishini kutishlarini ta’kidlamoqda.
S.Rahimov, O‘zA