Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Grenlandiya bo‘yicha kelishuvga erishildi
11:09 / 2026-01-22

AQSH Prezidenti Donald Tramp Grenlandiya masalasida NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan kelishib olinganini ma’lum qildi. Shuningdek, Yevropa davlatlariga nisbatan qo‘shimcha boj joriy etilmasligini ham tasdiqladi.

Ma’lumki, Tramp avvalroq Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Finlyandiyadan AQSHga yuboriladigan mahsulotlarga 1 fevraldan 10 foiz, 1 iyundan esa 25 foiz soliq qo‘yilishini aytgan. Bu qarorini Amerika yetakchisi Grenlandiya bo‘yicha kelishuvga erishilmayotgani bilan izohlangan edi.

NATO Bosh kotibi Mark Ryutte Davosda o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida ARD telekanali muxbiriga mavzu bo‘yicha izoh berarkan, “Prezident Tramp e’lon qilgan ma’lumot haqiqatga to‘liq mos kelishi”nitasdiqladi.

D.Hakimov, O‘zA