Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Green Talks” — ekologik madaniyatni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha
10:34 / 2025-07-29

Aholi, yoshlar orasida ekologik madaniyatni rivojlantirish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni shakllantirish, o‘simlik va hayvonot olamini asrash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan. Zero, ertangi musaffo ekologiyamiz bugungi yondashuvlarimiz va ekomadaniyatli yosh avlod bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasida Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida ekologik madaniyat hamda jamoatchilik ishtirokini oshirishga xizmat qiluvchi yangi tashabbus — “Green Talks” loyihasi taqdim etildi.

Qayd etilganidek, mazkur loyiha yoshlarga ekologik muammolar haqida erkin fikr almashish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va takliflar ishlab chiqish imkonini beruvchi ochiq muloqot maydoni bo‘ladi.

Uchrashuvda ishtirok etgan partiya rahbari Abdushukur Hamzayev loyiha g‘oyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlab, uni yoshlar va deputatlar muloqotining samarali platformasi sifatida e’tirof etdi.

Ekopartiyaning parlamentdagi yoshlar guruhi a’zolari tashabbusi bilan ilgari surilayotgan “Green Talks” loyihasi aholi orasida ekologik madaniyatni rivojlantirish hamda barqaror taraqqiyot g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. Ekologik muammolar ta’sirini yumshatishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga zamin bo‘ladi.  

M.Komilova,

O‘zA