Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Grant Texstil”da 250 nafar aholi ish bilan band
10:19 / 2025-11-07

FOTOREPORTAJ

Namangan shahridagi “Ravnaq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Grant Texstil” korxonasida bolajonlar uchun mo‘ljallangan 30 turdagi ustki kiyimlar ishlab chiqariladi. 

Korxona mahsulotlari Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga eksport qilinmoqda. Yillik eksport hajmi 5 million AQSH dollaridan iborat. 

[gallery-26114]

Hozirda korxonada 250 nafar ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, aksariyati yoshlar va ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa tadbirkorlik ob’ektining mahalliy aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromadini oshirish hamda hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilayotganidan darak. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA