Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Grant tanlovi g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi
19:35 / 2021-10-07

Andijon viloyatida ayni kunda 565 ta nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ular bugun fuqarolik jamiyatini shakllantirish, jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi jarayonlarda qay darajada ishtirok etmoqda? Nodavlat notijorat tashkilotlari joylardagi mavjud muammolarni keng jamoatchilikka yetkazish, hal etish borasida qanday ishlarni olib bormoqda? Umuman, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatidan davlat va fuqarolar qay darajada naf ko‘rmoqda?

Savdo sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasida viloyat hokimligi hamda Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan grant tanlovlari g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda ana shu masalalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Prezidentimizning 2021 yil 4 martdagi “2021 – 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan “2021 – 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2021 yilda amalga oshirish “Yo‘l xaritasi”ning tegishli bandlarida NNTlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan. Ana shu vazifalar ijrosi doirasida Andijon viloyatida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

– Viloyat hokimining tegishli qaroriga asosan, fondimizga mahalliy byudjet hisobidan 1 milliard 108 million so‘m mablag‘ ajratildi, – deydi Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori Zarduna Ismoilova. – Ushbu mablag‘dan 940 million 405 ming so‘mi viloyatdagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari va buyurtmalari uchun grant ko‘rinishida ajratilishi belgilangan.

[gallery-4197]

Fondning “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusi hamda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi doirasidagi tanlovlarda g‘olib bo‘lgan 12 ta loyihani moliyalashtirish uchun 358 million 450 ming so‘m mablag‘ sarflangan.

Fondning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Xotin-qizlarning jamiyatdagi mevqeini mustahkamlash, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va bandligini ta’minlash” hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish orqali jamiyatga moslashtirish” mavzularidagi grant tanlovida yana 12 ta nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan taqdim eitilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun 358,5 million so‘m mablag‘ ajratildi.

Tadbirda Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan ana shu tanlovlarda g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlariga grant sertifikatlari topshirildi.

– Mahallamiz tomonidan taqdim etilgan “Kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlash” deb nomlangan loyihamizni amalga oshirish uchun 30 million so‘m mablag‘ ajratildi, – deydi Bo‘ston tumanidagi Yakkatol mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Jamilaxon Do‘smatova. – Mazkur loyiha doirasida mahallamizda tikuvchilik sexi tashkil etiladi, besh nafar ishsiz ayolning bandligi ta’minlanadi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA